http://qoshkopir23-m.uz/modules/mod_image_show_gk4/cache/2323gk-is-93.jpglink
http://qoshkopir23-m.uz/modules/mod_image_show_gk4/cache/2325gk-is-93.jpglink
http://qoshkopir23-m.uz/modules/mod_image_show_gk4/cache/2324gk-is-93.jpglink
«
»

Xorazm viloyati Qo’shko’pir tumani XTB ga qarashli 23-umumiy o’rta

 ta’lim maktabining geografiya  fani o’qituvchisi Davletova Ozodaning

bir soatlik

 

Dars ishlanmasi

 

 

 

 

 

 

Fan nomi        Geografiya

Dars shiori “ Tabiatni o’rganamiz, uni asrab avaylaymiz”

Mavzuning texnologik xaritasi va o’tkazilish ishlanmasi

 

Mavzu

III-chorak

Farg’ona tabiiy geografik okrugi

Maqsad va vazifalari

O’quvchilarga Fag’ona tabiiy geografik okrugi haqida tushuncha va tasavvur hosil qilish. Okrugning geografik o’rni, chegaralari, geologik tuzilishi, asosiy xususiyatlari va vodiyni o’rab olgan tog’larning gersin burmalanishida hosil bo’lishi haqida ma’lumot berish.O’quvchilarni tabiatdagi go’zalliklarni muhofaza qilishga o’rgatish.

O’quv materiali mazmuni

O’rganilgan mavzulardan asosiy tushunchalarni ajrata bilish, ularni amaliyotda qo’llay olishga o’rgatish, mustaqil fikrlash doirasini kengaytirish. O’quvchilarning savol-javob, xotira bilan ishlash orqali yangi ma’lumotlarni qay darajada o’zlashtirganligini nazorat qilish.

O’quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi

Shakl: interfaol mashg’ulot, suhbat, ma’ruza, yakka tartibda, guruh, jamoa bo’lib ishlash.

Metod: noan’anaviy guruglarda o’qitish,  savo-javob,  “ Bingo” o’yini, test bilan ishlash, ro’lli o’yin.

Vosita: darslik, o’quv atlasi, O’zbekiston tabiiy xaritasi, kompyuter,videoproektor, ekran.

Nazorat: kuzatish nazorat uchun test savollari

Kutilgan natijalar

O’qituvchi: mavzu belgilangan vaqt ichida,barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtiriladi, o’quvchilarning darsga faolligi oshadi, ularga fanga nisbatan qiziqish uyg’onadi.

O’quvchi: mavzu yuzasidan yangi bilimga ega bo’ladilar. Eslab qolish, ayta olish, ko’rsata olish, konikma va malakalarga ega bo’ladilar.

Kelgusi rejalar.

O’qituvchi: yangi pedogogik texnologiyalarni o’zlashtiradi  va  darsda tadbiq etib,  takomillashtirishga erishadi.  O’z ustida ishlaydi mavzuni hayotiy voqealar bilan bo’glaydi va solishtiradi.

O’quvchi: mavzu yuzasidan berilgan topshiriq ustida mustaqil ishlashni o’rganadi. O’z fikrini ravon bayon eta oladi. Yangi mavzuga oid qo’shimcha materiallar topishga harakat qiladi.

 

 

Fan nomi:   Geografiya

Sinfi  VII -“B”                                            Sana  13.03.2018

 

Mavzu:   Farg’ona tabiiy geografik okrugi.

 

Darsning maqsadi

ta’limiy maqsad: o’quvchilarga Farg’ona tabiiy geografik okrugining geografik o’rni, chegaralari va umumiy tavsifi, ge’ologik tuzilishining asosiy xususiyatlari, vodiy va uni o’rab olgan,tog’larning gersin burmalanishida hosil bo’lishi va adirlarning vujudga kelishi, asosiy foydali qazilmalari, yer usti tuzilishi haqida tushunchalarni berish. FK 3. Globus geografik atlas va xatitalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi.

tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni o’z maqsadiga erishish ruhida tarbiyalash, bir-biriga o’zaro hurmat, jamoa bo’lib ishlash, o’zaro yordam va berilgan vazifani bajarishda ma’suliyat sezish ko’nikmalarini tarkib topdirish.

rivojlantiruvchi maqsad: TK 2.Geografik adabiyotlardan samarali foydalana olish ular asosida mavzuli axborotlarni tayyorlay olish,ommaviy axborot vositalari hamda, internet saytlaridan geografik mazmunga ega bo’lgan ma’lumotlarni topa olish.

 

Dars turi:                  yangi bilim beruvchi.

Dars usuli:        noan’anaviy (guruhlarda o’qitish, savol-javob, “Bingo”, test bilan ishlash, ro’lli o’yin).

Dars jihozi:          darslik, o’quv atlasi, tarqatma materiallar, O’zbekiston tabbiy xaritasi.

Texnik vositalar: kompyuter,videoproektor, ekran

 

Darsning bosqichlari va vaqt taqsimoti

 

T/R

Darsni bosqichlari

Vaqt

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni so’rash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

Dars yakuni.

1. O’quvchilarni baholash

2. Uyga vazifa

5 daqida

 

Darsning borishi

I. Tashkiliy qism

Salomlashish, davomatni aniqlash, ob-havo, darsning mavzusi va maqsadini e’lon qilish. O’quvchilar sinfda ikkita guruhga bo’linadi va shunday nomlanadi.

     1-guruh O’zbekiston

2-guruh Farg’ona

Guruhda ishlashning oltin qoidalari

1.O’zaro humat.

2.O’zgalar  fikrini tinglash.

3.Erkin fikrlash.

4.Intizomlilik.

5.Topqirlik.

6.Hamjihatlik.

II-guruhlarga topshiriq berish orqali o’tilgan mavzuni so’rash:

1-topshiriq “Bingo” oyini ya’ni raqamlarni gapirtiring o’yini

1.  1500-3000

2.  3017 km

3. 4643 m

4. 4484 m

5.2169 m

2-topshiriq  o’tilgan mavzu yuzasidan savol-javob o’tkazish.

 

Yangi mavzu bayoni

Reja

1.     Farg’ona  “O’rta Osiyo durdonasi”dir.

2.     Yer yuzasi va geologik tuzilishi.

3.     Foydali qazilmalari.

 

Farg’ona tabbiy geografik okrugi Farg’ona vodiysida joylashgan bo’lib atrofi tog’lar bilan o’ralgan,  vodiy tabiati go’zal va maftunkor. Farg’ona vodiysi  noz ne’matlarga boy jannatmakon okrug,  bo’lib uni “O’rta Osiyo durdonadi” deb atashadi.

Vodiyning xaritada ko’rinishi bodom shaklida bo’lib shimoliy g’arbdan Mo’gultog’, Quramatog’ tizmalari, shimoldan Chotqol tizmasi, sharqdan Farg’ona tizmalari, janubdan esa Oloy va Turkiston tizmalari o’rab turadi. Uning uzunligi  g’arbdan sharqqa 370 km ga cho’zgan, kengligi o’rtacha 190 km,  eng tor yeri- g’arbdan eni 9 km bo’lib,  “Xo’jand darvozasi” deyiladi.

              Yer yuzasi va geofrafik tuzilishi.

Farg’ona vodiysining tekislik qismi Farg’ona botig’i deyiladi. Uning atrofini adir hamda to’glar o’rab turadi.

Okrug tektenik botiqda joylashib, neogen davrining oxiri  quyi antropogen davrida dengizdan bo’shab, quruqlikka aylangan. So’ngra atrofidagi tog’lardan boshlanadigan daryolar olib kelgan qum, gil,  lyossimon jinslar bilan qoplangan.

 Farg’ona botig’ining atrofini tog’lar o’rab olgan bo’lib, ular geologik tuzilishi jihatidan farqlanadi. Tog’lar asosan, poleozoy erasida sodir bo’lgan gersin tog’ hosil qilish jarayonida quruqlikka aylangan. Ular asosan paleazoy erasining slanes, ohaktosh kabi jisnlardan tarkib topgan.

 Farg’ona okrugi yer usti tuzilishi jihatdan, markaz tomon hamda sharqdan g’arbga pasayib boradi. Atrofini o’rab olgan adirlarning balandligi 600-1200 m

Farg’ona shahrida  578 m ga, Andijonda 496 m ga,Namanganda 449m ga tushib qoladi.

Okrugning sharqida mutlaq balandlik (Uchqo’rg’onda) 500 m bo’lsa, g’arbidagi Qo’qon shahrida 405 m ga, Xo’janda 320 m ga tushib qoladi.

 Farg’ona okrugining markaziy qismi botiqdan iborat bo’lib nisbatan tekis, undan  Sirdaryo oqib o’tib, uchta eski qayir hosil qilgan. Botiqning markaziy qismida Yozyovon va Qoraqalpoq chollari bo’lib, qum relef shakillari — do’nglar o’simliklar bilan mustahkamlangan tepaliklar va kichik ko’chib yuruvchi qumlik          (barhan) lar mavjud.   Xozir o’sha qum do’nglari va tepaliklarining ko’p qismi  tekislanib, ekinzorlarga aylantirilgan. Farg’ona vodiysining tog’oldi qismida
daryolar tog’lardan keltirgan yotqiziqlardan paydo bo’lgan qonussimon yoyilmalar keng tarqalgan. Eng katta yoyilmani So’x daryosi hosil qilgan. Qonussimon yoyilmalar qadimdan dehqonchilik uchun o’zlashtirilgan

Foydali qazilmalari

Farg’ona vodiysida qazilma boyliklardan

         Neft

         Gaz

         Oltingugurt

         Tog’ mumi

         O’tga chidamli gil

         Gips

Konlari mavjid

 

Mavzuni mustahkamlash.

Yangi mavzuni mustahkamlash uchun qisqa test ishlash doskasidan foydalanib test ishlash.

Testlar

 

1.Farg’ona tabiiy geografik okrugini janubida qaysi tog’ tizmalari  joylashgan?

a) Oloy va Turkiston   b) Farg’ona tizmalari  s) Mo’g’ultog’ tizmasi

d) Quramatog’ tizmasi  e) Chotqol tizmasi

2.Farg’ona okrugi uzunligi garbdan sharqqa necha km ga cho’zilgan.

a) 190 km    b) 370   s) 9 km   d) 500 km   e) 320 km

3.Farg’ona botig’ining atrofidagi tog’lar qaysi erarning slanes, ohaktosh  kabi jinslardan tarkib topgan?

a) Arxey    b) neogen  s) paleozoy  d)  kaynazoy  e) mezozoy

4.Farg’ona okrugi atrofini o’rab olgan adirlarning balandligi necha metr?

a) 578 m   b) 496 m   s) 449 m  d) 600-1200m

e) 405 m

5. Eng katta yoyilmani qaysi daryo hosil qilgan?

a) Sirdaryo   b) Amudaryo    s) Chirchiq    d) Zarafshon  e) So’x daryosi

Darsni yakunlash

G’olib guruh e’lon qilinib darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.

 

Uyga vazifa:

Mavzuni o’qib, 10 tadan test tuzib kelish

Xorazm viloyati Qo’shko’pir tumani XTB ga qarashli 23-umumiy o’rta

 ta’lim maktabining texnologiya fani o’qituvchisi Davletova Feruzaning

bir soatlik

Dars ishlanmasi

Fan nomi:    Texnologiya

Sinfi  VI-“A”                                                          Sana _______

Mavzu:   Yubka andozasini bichishga tayyorlash

 

Darsning maqsadi

Talimiy:

O’quvchilarni yubka andozasini bichishga tayyorlash texnologiyasi bilan tanishtirish.

Tarbiyaviy:

 O’quvchilarda mehnatsevarlik, tirishqoqlik ijodkorlik va ishga ma’suliyat bilan yondashish  hislatlarini shakillantirish.

Rivojlantiruvchi:

O’quvchilarda yubka andozasini bichishga tayyorlay olish ko’nikma va malakalarini rivojlantirish, andozasini gazlamaga joylashtira olish kompitensiyalarini shakillantirish

Dars turi:

Yangi bilimlar berish mehnat konikmalarini shakillantirish.

Dars metodi:

“Suhbat” Baxt- munozara” ko’rsatmalilik” “ Faol bo’ling”, “ o’zing o’yla, o’zing top, o’zing yasa”.

Dars jihozi:  

Kompyuter, slaydlar, ko’rgazmali plakatlar, yubka namunalari.

Dars qoidasi:

1.     Do’stingni eshit, hurmat qil

2.     Qo’l ko’rsatib  javob ber

3.     Fikrla, oyla

4.     Faol ishtirok et

5.     Vaqtni teja

6.     Maqsad sari intil

Dars bosqichlari

 

Bosqichlar

Mazmuni

Metodlar

Ajratilgan vaqt

1-bosqich

Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish, mashg’ulotni boshlash

Suhbat o’tkazish

5

2-bosqich

O’tilgan mavzuni mustaxkamlash: o’quvchilar o’tilgan mavzular boyicha tarqatmalar va “ Faol bo’l” oyinidan faoydalanib o’tilgan mavzu mustahkamlandi she’riy  usulda

Baxs munozara savol-javob           “ Faol bo’l”

10

3-bosqich

Yangi mavzu bayoni: Mavzuning maqsadi asosiy ma’no mazmuni, qo’llaniladigan ish usullari o’quvchilarga tushuntiriladi.

Suhbat ko’rsatmalilik

15

4-bosqich

Yangi mavzuni mustahkamlash Mavzu bo’yicha o’quvchilar o’zing o’yla, o’zing top, o’zing yasa oyinidan foydalanib savollarga javob yozishadi o’yin sharti yo’zilgan qog’ozlardan foydalaniladi.

 

 

10

5-bosqich

Darsni yakunlash, o’quvchilarni baholash Darsda faol ishtirok etigan o’quvchilar  rag’batlantirib, baholanadi.

 

3

6-bosqich

Uyga vazifa berish Andozani bichishga tayyorlashni o’rganish, qo’shimcha ma’lumotlarni to’plash

 

2

 

 

Darsning borishi

I Tashkiliy qism

II. O’tilgan mavzuni takrorlash, mustaxkamlash.

1.Darsning bu bosqichida o’quvchilarga tarqatma materiallar tarqatiladi (qisqa savol-javoblar)

2. “ Faol bo’l” oynida  har bir o’quvchi o’tilgan mavzuga oid bittadan ma’lumot aytishadi.

3.O’qituvchi tamonidan berilgan savollarga sher’riy  tarzda javob berishadi.

1.Bel kiyimlari haqida nimalarni bilasiz?

1-o’quvchi     Shim va fartuk, yubkalar belga taqib kiyadilar

                       Shu sababli ham ular bel kiyimi deyilar.

Kompyuterda yubka turlari ko’rsatiladi.

2- o’quvchi    Belga taqish bo’yicha

                      Beli bo’lar belbog’li

                     Yo rezina, yo tugma

                     Yo sidirma, ilmoqli

3- o’quvchi  “ Yozgi”, “Qishki”, “Kuzgi” deb

                        Gazlamasi tanlangan

                        Berib unga turli zeb,

                        Turli model jamlangan

4- o’quvchi Yubkalarning barchasi bel kiyimi avlodi

                     Bargli, teri yubkalar bu avlodning  ajdodi

2.Yubka turlari haqida nimalarni bilasizmi?

5- o’quvchi         Har bir yubka aslida               Har bichimning soddasi

                            Konussimon bo’ladi.             Bo’lar asos andozasi

                            Shakil berib bichilsa         Shu asosdan chiqadi

                            Turli  shakl oladi.                  Har hil fason chizmasi

6-o’quvchi      Bichimlari shakldor                        Fazonlari ularning

                       Yoki tog’ri bo’ladi                      Turli tuman burmali

                       Konussimon yubkada                      Koketka, yo tahlama

                       Yoy shaklini oladi                       Bezak chok, ham tugmali

7- o’quvchi        “Mini yubka” degani

                            Yubkalarning kaltasi

                            Klyosh yubka degani,

                            Etak qismi kattasi

O’quvchilar rag’bat kartochkalari bilan rag’batlantirib boriladi.

 

III. Yangi mavzu bayoni

Reja

1.Andozaga ishlov berish

2.Andozani bichishga tayyorlash

3.Andozani gazlamaga joylashtirish

O’quvchilarga andoza nima? Degan savol bilan yangi mavzu boshlanadi. Bunda o’quvchilar andozaga ta’rif berishadi.

Andoza bu- kiyimning dastlabki bir chizmasi aslin aytsam undagi bo’laklar yoyilmasi har bir chizma andoza- masshtab bo’lsa birga bir chok haqlari qo’shilsa har biriga birma-bir gavdadan o’lcham olingandan keyin shu o’lchamlar asosida buyum chizmasi chiziladi. Chizmalar asosida andoza tayyorlanadi. Andozani bichishga tayyorlash quyidagi tartibda olib boriladi.

1.     Kiyim nomini  andozaga yozib qo’yish.

2.     Andozaga kiyim  olchamini yozib qoy’ish.

3.     Andozadagi qismlarning sonini ko’rsatish.

4.     Andozaga gazlamaning bo’ylama ip yo’nalishi aniqlanadi.

5.     Andozaga fason chiziqlarini tushirish.

6.     Andozaga gazlamadan qoldirib bichiladigan chok haqlari miqdorini yozib chiqish.

Chok haqlari

1.     Bel qismiga 1sm

2.     yon chokiga 2–3 sm

3.     Etak qismiga

to’gri yubka uchun 5–7 sm

klinli yubka uchun   3–4 sm

klyosh yubka uchun  2–3 sm

Kiyimni bichishdan oldin andozani tekshirib chiqish kerak. Bunda uzunliklari, kengliklari o’lchab olingan o’lchovga solishtirib ko’riladi.

Yangi  yubkalar va ularning anozalari chizilgan chizmali plakatlar yordamida bayon qilinadi.

Yubka andozasi mustaqil ish sifatida bichishga tayyorlanib,  qirqib olinadi. Bu ishni o’quvchilar bajarishadi.

IV Yangi mavzuni mustahkamlash.

Bu bosqichda o’quvchilar bilimini mustaxkamlash maqsadida “ O’zing o’yla, o’zing top, o’zing yasa” metodidan foydalanildi.

 

O’zing o’yla

O’zing top

O’zing yasa

Andoza nima asosida tayyorlanadi?

Andoza chizmasini chizishda kerakli jihozlar

Ishni nimadan boshlash kerak?

 

 

 

 

O’quvchilar jadvalni olgan bilimlari asosida to’ldirishadi. Jadvallar yig’ib olinadi va tekshiriladi. O’quvchilar rag’batlantiriladi.

V. Darsni yakunlash

Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholaniladi

VI. Uyga vazifa: Qirqib olingan andozalarni kartonga yopishtirish, mavzuga oid ma’lumotlarni o’rganish.

 

 

 

 

 

Категория: Dars ishlanmalar

Davlat Ramzlari

bayroq  gerb madhiya

2018-yil dasturi

dastur11


 

2018-yil- “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar

va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili ”

"Zulfiya" Davlat mukofoti

zulfiya-mukofoti

Taqvim

Please update your Flash Player to view content.

Foydali manbalar

http://qoshkopir23-m.uz/modules/mod_image_show_gk4/cache/14f66bb71acf257a48f07cb93bba98c4gk-is-93gk-is-97.jpglink
http://qoshkopir23-m.uz/modules/mod_image_show_gk4/cache/1c1dda175a1db2f209749464ebb5700bgk-is-93gk-is-97.jpglink
http://qoshkopir23-m.uz/modules/mod_image_show_gk4/cache/5dd879c0ef8f6cf99aedaf4efb93ed74gk-is-93gk-is-97.jpglink
http://qoshkopir23-m.uz/modules/mod_image_show_gk4/cache/offer.jpggk-is-93gk-is-97.pnglink
http://qoshkopir23-m.uz/modules/mod_image_show_gk4/cache/utubegk-is-93gk-is-97.giflink
«
»

Bizning manzil:

Bizning Manzil:

Xorazm viloyati Qo'shko'pir tumani O'rtayop qishloq

O'rtayop maxallasi

Tel: 99862-32-79-131

Email: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Maktab direktori: Quryazov Sarvar

Tel: 99894-238-89-82