http://qoshkopir23-m.uz/modules/mod_image_show_gk4/cache/2323gk-is-93.jpglink
http://qoshkopir23-m.uz/modules/mod_image_show_gk4/cache/2325gk-is-93.jpglink
http://qoshkopir23-m.uz/modules/mod_image_show_gk4/cache/2324gk-is-93.jpglink
«
»

MAKTAB NIZOMI

1. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Xorazm viloyati Qoshkopir tumanidagi 23-umumiy o’rta ta’lim maktabi O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimidagi asosiy ta’lim-tarbiya muassasasi bo’lib, o’z faoliyati mobaynida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Ta’lim to’grisida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim sohasiga oid farmonlari, qarorlari, jumladan, 2007 -yil 26- fevraldagi PF-3857-sonli «Xalq ta’limi muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish to’g’risida»gi Farmoni, 2007- yil 29- martdagi PK-609-sonli «Umumta’lim maktablarining namunaviy shtatlarini tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998- yil 5 -yanvardagi «Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to’g’risida»gi 5-sonli, 1998- yil 13 -maydagi «O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’limni tashkil etish to’g’risida»gi 203-sonli hamda 2004- yil 9- iyuldagi «2004-2009- yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 321-sonli, 2005- yil 21- dekabrdagi «Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to’lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to’g’risida»gi 275-sonli, 2007 -yil 30- martdagi «Xalq ta’limi muassasalarining moliyaviy-iqtisodiy ta’minotini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to’g’risida»gi 63-sonli qarorlari asosida tashkil qilingan bo’lib, o’z faoliyatida yuqoridagi hujjatlarga, hukumatning, xalq ta’limi vazirligining ta’lim-tarbiyaga oid qaror, farmoyish, buyruq va ko’rsatmalariga va mazkur Ustavga amal qiladi.
1.2. Maktab ta’lim tizimining asosiy bo’g’ini bo’lib, o’quvchi-yoshlarga 1-9- sinf hajmida davlat ta’lim standartlari asosida fan asoslaridan umumiy o’rta ma’lumot beruvchi kunduzgi majburiy ta’lim muassasasidir.
1.3. Maktab xalq ta’limi tizimidagi mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi va davlat gerbi tasviri tushirilgan muhri, shtampiga, g’aznachilik bo’limlari va banklarda hisob raqamiga va boshqa belgilarga ega bo’ladi.
1.4. Maktabning moddiy-texnika tizimini mustahkamlash maqsadida byudjetdan tashqari tushumlar uchun bank bo’limlarida maxsus hisob raqamiga ega bo’ladi.
1.5. Maktab umumiy o’rta ta’lim muassasasini attestatsiya va akkreditatsiya qilish natijasiga ko’ra Davlat test markazi huzuridagi kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish va attestatsiya boshqarmasi o’tkazgan attestatsiya natijalariga ko’ra xalq ta’limi tizimining boshqaruv idorasining roziligi bilan mahalliy hokimiyat qaroriga asosan tugatilishi yoki ta’limning bir turdan boshqa turiga o’zgartirilishi mumkin.

2. MAKTABNING MAQSADI VA VAZIFALARI

2.1. Maktabning asosiy maqsadi o’quvchilarni Davlat ta’lim standartlariga muvofiq o’qitish va tarbiyalash, shaxsning ta’lim olishga doir konstitutsiyaviy huquqini ro’yobga chiqarishdan iborat.
2.2. Ta’limning boshqaruv organlari tomonidan tasdiqlangan o’quv rejasi va dasturlari asosida fan asoslaridan bilimlarning zarur hajmini beradi, ulardagi tashkilotchilik qobiliyatlari va amaliy tajriba ko’nikmalarini rivojlantiradi hamda ularga ta’limning keyingi bosqichini ongli ravishda mustaqil tanlashga ko’maklashadi.
2.3. Maktab ta’lim-tarbiya ishlarini har bir shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini ko’zlagan holda amalga oshiradi, o’quvchilarning har tomonlama kamol topishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratib beradi, shu jumladan, ularning o’z ustida mustaqil ishlashlari hamda qo’shimcha bilim olishlari uchun imkoniyatlar yaratadi.
2.4. Bolalar huquqlarini ta’minlash, ularning qadr-qimmatini e’zozlash, bolalarga do’stona munosabatga bo’lish muhitini shakllantirish maktabning asosiy vazifalaridan biridir.
2.5. Maktabning asosiy vazifalari:
— o’quvchining qaysi millatga, dinga, irqqa mansubligidan, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar, umumiy o’rta ta’lim olishi uchun imkoniyatlar yaratib beradi;
— ta’limning uzluksizligini, izchilligini, insonparvarligi va demokratikligini, ilmiyligi va dunyoviyligini ta’minlaydi;
— iste’dodli, qobiliyatli, bilimdon yoshlarni qo’llab-quvvatlaydi, rag’batlantiradi;
— o’quvchilarga puxta bilim va ko’nikmalar berishda yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda o’quv jarayonini tashkil etadi;
— o’quvchilarga milliy hamda umumbashariy qadriyatlarni uzviy birlashtirish asosida milliy g’oya ruhida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni kamol toptiradi, uni haqiqiy inson, Vatanga sadoqatli fuqaro sifatida shakllantiradi;
— o’quvchilarda mustaqil O’zbekiston Respublikasiga va uning Konstitutsiyasiga sodiqlikni shakllantiradi, Davlat ramzlariga (bayrog’i, madhiyasi va gerbi) hurmatni, qat’iy intizom va fan asoslarini puxta egallashga sidqidildan yondashishni tarbiyalaydi.
2.6. Maktabda sifatli umumiy o’rta ta’lim berish asosida quyidagi pirovard natijalarga erishiladi;
— bilimli, barkamol, madaniyatli shaxslarni shakllantirish, ularni oila, jamiyat, davlat
oldidagi mas’uliyatini to’la anglaydigan va egallagan bilimlarni hayotga tadbih eta biladigan shaxs sifatidan kamol toptirish;
— axloqan pok, jismonan baquvvat, Vatanga sadoqatli, izlanuvchan fidoyi inson, o’zining mustaqil fikriga ega, tashabbuskor sog’lom avlodni yetkazib berish;
— maktabda ta’lim-tarbiya oluvchilarni o’rta -maxsus o’quv muassasalarida o’qishlarini davom ettirishlari uchun tayyorlab borishdan iboratdir.

3. Maktab ta’lim-tarbiya jarayonining mazmuni va uni tashkil etish.

3.1. Maktabdagi ta’lim jarayoni umumta’lim dasturining ikkinchi bosqichiga muvofiq amalga oshiriladi:
a) boshlang’ich ta’lim- I- IV sinflar;
b) umumiy o’rta ta’lim- I- IX sinflar.
3.2. Boshlang’ich ta’lim:
— o’quvchilarining o’qish, yozish, hisoblashga oid dastlabki bilim va ko’nikmalarini, nazariy fikrlash elementlarini, nutq va xulq madaniy asoslarini shakllantiradi, shaxsiy gigiyena va sog’lom turmush tarzini ta’minlashga asos yaratadi.
3.3. Birinchi sinfga 7 yoshli o’g’il — qizlar to’la va 6 yoshli bolalardan esa ruhan va jismonan tayyor, tibbiy pedagogik komissiya va maktab ruhshunoslik xizmat ko’rigidan o’tgan bolalar xalq ta’limi bo’limidagi tashxis komissiyasining xulosasiga binoan qabul qilinadi. Bolalarni qabul qilish o’quv yili boshlangunga qadar amalga oshiriladi va buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
3.4. Maktab ta’limi O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan
tasdiqlangan o’quv rejasi va dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.
3.5. Maktabdagi ta’lim tili O’zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi, «Ta’lim To’g’risida»gi qonunlariga muvofiq belgilanadi. Ta’lim tilini tanlashda mazkur maktab hududida istiqomat qiladigan ota-onalarning xohish-istaklari inobatga olinadi.
3.6. Davlat ta’lim standartlari talablari doirasida o’quv dasturini o’zlashtira olmagan o’quvchilarga yordam ko’rsatish uchun boshlang’ich va 5- 9- sinflarda, pedagogik qo’llab- quvvatlashning turli shakllari (korreksiya sinflari, tenglashtiruvchi sinflar va hakozo), ruhiy va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni o’qitish va tarbiyalash uchun maxsus sinflar hamda uyda ta’lim berish tashkil qilinishi mumkin.
3.7. Maktab o’quvchilariga tibbiy xizmat ko’rsatish, maxsus biriktirilgan tibbiy xodim tomonidan amalga oshiriladi va tibbiy xodim ma’muriyat bilan teng ravishda bola sog’ligi uchun mas’uldir
3.8. Maktabda o’quvchilarini sinfdan-sinfga ko’chirish, yakuniy attestatsiyalarni o’tkazish xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlar (Nizom, Yuriqnoma)ga asosan amalga oshiriladi.
3.9. O’quvchilarni tibbiy komissiya xulosasiga asosan sinfdan-sinfga ko’chirish yoki yakuniy attestatsiyadan ozod qilish masalasi Xalq ta’limi vazirligi va Sog’liqni saqlash vazirligi qushma buyrug’iga asosan hal etiladi.
3.10. O’quvchilarga maktabni tamomlaganligi haqidagi hujjatlarning berilish tartibi, yakuniy attestatsiyaning belgilangan tartibidan istisnolar Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
3.11. Maktabning yakuniy attestatsiyalaridan muvaffaqiyatli o’tgan o’quvchilariga davlat namunasidagi shahodatnoma, ta’limda alohida muvaffaqiyatlarga erishganlarga imtiyozli shahodatnoma topshiriladi.
3.12. Maktab o’z hududida (mikrohudud) yashovchi maktab yoshidagi I- IX sinflarda o’qishi lozim bo’lgan barcha bolalarni majburiy ta’lim olishga to’liq jalb etishni amalga oshiradi.
3.13. Maktablardagi darsning, o’quv choragi va o’quv yilining davom etish muddati, kunlar va haftalar buyicha darslar jadvali, sinflarning to’ldirilishi va o’quvchilarga beriladigan o’quv yuklamalari umumiy o’rta ta’lim davlat standartlariga muvofiq belgilanadi.
3.14. Maktabda o’quv yili 1- sentabrdan boshlanadi va 31-avgustda tugaydi. o’quv yilidagi o’quv mashg’ulotlari 2 sentabrdan boshlanadi va 25 mayda tugaydi.O’quv yilidagi o’quv mashg’ulotlari 4 chorakka (2 yarim yillikka) bo’linadi, ularning boshlanishi va oxiri o’quv rejasi bilan belgilanadi. O’quv yilidagi o’quv mashg’ulotlari amaliy mashg’ulotlarni hisobga olmaganda 34 hafta, 1 -sinflarda esa 33 hafta davom etadi, ularga maktab pedagogika kengashi qarori bilan fevral oyining ikkinchi o’n kunligida 1 hafta ta’til beriladi. O’quv yili davomida kuzgi, qishki, bahorgi ta’tillar kamida 30 kalendar qilib belgilanadi va xalq ta’limi vazirligining buyrug’i (tayanch o’quv rejasini tasdiqlash vaqtida) bilan tasdiqlanadi. Yozgi ta’til o’quv yili mashg’ulotlari (imtixonlari) tugagan kundan boshlab 31- avgustgacha davom etadi.
3.15. Maktabda o’quv ishlari va mashg’ulotlari bayram kunlari o’tkazilmaydi. 1- yanvar- Yangi yil, 8- mart- Xotin- qizlar bayrami, 21- mart- Navro’z bayrami, 9- may- Xotira va qadrlash kuni, 1- sentabr- Mustaqillik kuni, 1- oktabr- o’qituvchilar va murabbiylar kuni, 8- dekabr- Konstitutsiya kuni, Ramazon va Qurbon hayiti bayramlarining 1- kuni.
3.16. Maktabda kundalik o’quv mashg’ulotlari soni va tartibi maktab direktori
tomonidan tasdiqlangan dars jadvali bilan belgilanadi. Darslar orasida tanaffuslarning davom etishi o’quvchilarning faol dam olishlari va issiq ovqat tanavvul qilishlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
3.17. 1- sinf o’quvchilariga uy vazifasi berish majburiy emas. 2-9-sinf o’quvchilariga pedagogik talablar va har bir bolaning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda uy vazifalari beriladi
3.18. Maktab o’quvchilarining bilimlari xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan baholash tizimi asosida amalga oshiriladi.
3.19. Maktab uchun iqtidorli bolalarni izlash, tanlab olish, ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etish, iqtidorli o’quvchilardan tashkil qilingan ixtisoslashtirilgan sinf o’quvchilari maxsus, shu jumladan, mualliflik (variativ) o’quv dasturlari va yakka tartibdagi dasturlar asosida ta’lim olishlari mumkin.
3.20. Maktabdagi sinfdan tashqari mashg’ulotlar va to’garak ishlari o’quvchilar va
ota-onalarning xohish istaklari, o’quvchilarning qiziqishi va qobiliyatini hisobga olgan holda o’tkaziladi.

4. O’QUVCHILARNING HUQUQ VA BURCHLARI.

4.1. O’quvchilar quyidagi huquqlarga egadirlar:
— davlat standartlariga muvofiq bepul umumiy ta’lim olish;
— o’z insoniy qadr-qimmatlari hurmat qilinishi, vijdon va axborot erkinligini his qilish, o’z qarashlari va e’tiqodlarini erkin ifoda etish;
— ta’lim muassasasini boshqarishda qatnashish;
— turli xil ilmiy faoliyat bilan shug’ullanish, seminarlar, olimpiadalar, ko’rgazma va tanlovlarda ishtirok etish;
— o’quv shaklini mustaqil tanlash;
— qo’shimcha (fakultativ) ta’lim olish xizmatidan foydalanish.
4.2. Maktab o’quvchilari:
— O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, milliy axloq-odob qoidalariga rioya qilish, Respublikaning munosib fuqarosi bo’lish, O’zbekiston Respublikasining Gerbi, Bayrog’i va Madhiyasini bilish va hurmat qilish, ular bilan bog’liq bo’lgan marosimlarni ado etish;
— ta’lim muassasasining Ustavi va ichki -tartib qoidalarini so’zsiz bajarishlari;
— Davlat ta’lim standartlari hajmida umumiy ta’lim olish uchun intilishlari;
-maktabga dars jadvali asosida o’z vaqtida kelishi, barcha darslarda ishtirok etishi, sababsiz dars qoldirmasliklari,
— o’quv jarayoni uchun kerak bo’ladigan barcha jihozlarni, kundalik daftari, darslik, o’quv qo’llanmalari, daftarlarini to’liq olib kelishlari;
— Maktabda kiyinish madaniyatiga qo’yilgan talablarga rioya qilishlari;
— o’qituvchilar tomonidan berilgan topshiriqlarni o’z vaqtida bajarishlari;
— o’z bilimi va amaliy ko’nikmalarini mustaqil ravishda oshirib va mustahkamlab borishlari hamda umumlashtirish saviyalarini yuksaltirishlari;
— maktab va jamoat topshiriqlarini bajarishda faollik ko’rsatishlari;
— maktab va jamoat mulkini avaylab- asrashlari talab etiladi.
4.3. o’qituvchilar va o’quvchilar o’rtasidagi murakkab vaziyatlarni va muammolarni hal qilish maqsadida maktabda «Adolat komissiyasi» tuziladi. Unda ota-onalar tomonidan yozma yoki og’zaki holda berilgan arizalar ko’rib chiqiladi va hal etiladi.
4.4. Jamoat tartib-qoidalarini buzgan, maktab jihozlari va mulkini ishdan chiqargan, tizimli ravishda o’qituvchilar va maktab rahbariyatining shaxsiyatiga tegadigan xatti-harakatlar sodir etadigan o’quvchiga nisbatan mahalliy hokimlik qoshidagi voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash komissiyasi bilan kelishgan holda tegishli choralar qo’llaniladi.
4.5. Ayrim fanlar bo’yicha chuqurlashtirilgan ta’lim berish sinflarida o’qib, muntazam ravishda qoniqarsiz baholarni olayotgan o’quvchilar oddiy umumiy ta’lim sinflariga o’tkazilishi mumkin.
— Maktabda amaldagi qonunchilikka asosan o’quvchilar uyushmasi va boshqa jamoat tashkilotlari faoliyat ko’rsatish huquqiga ega.

Категория: Maktab nizomi

Davlat Ramzlari

bayroq  gerb madhiya

2018-yil dasturi

dastur11


 

2018-yil- “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar

va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili ”

"Zulfiya" Davlat mukofoti

zulfiya-mukofoti

Taqvim

Please update your Flash Player to view content.

Foydali manbalar

http://qoshkopir23-m.uz/modules/mod_image_show_gk4/cache/14f66bb71acf257a48f07cb93bba98c4gk-is-93gk-is-97.jpglink
http://qoshkopir23-m.uz/modules/mod_image_show_gk4/cache/1c1dda175a1db2f209749464ebb5700bgk-is-93gk-is-97.jpglink
http://qoshkopir23-m.uz/modules/mod_image_show_gk4/cache/5dd879c0ef8f6cf99aedaf4efb93ed74gk-is-93gk-is-97.jpglink
http://qoshkopir23-m.uz/modules/mod_image_show_gk4/cache/offer.jpggk-is-93gk-is-97.pnglink
http://qoshkopir23-m.uz/modules/mod_image_show_gk4/cache/utubegk-is-93gk-is-97.giflink
«
»

Bizning manzil:

Bizning Manzil:

Xorazm viloyati Qo'shko'pir tumani O'rtayop qishloq

O'rtayop maxallasi

Tel: 99862-32-79-131

Email: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Maktab direktori: Quryazov Sarvar

Tel: 99894-238-89-82